TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirishga kelishib olindi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Leszi boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalari, shuningdek, parlamentlararo va hukumatlararo strategik muloqot tizimi yo‘lga qo‘yilganligi alohida ta’kidlandi.
Dostignuta dogovorennost o dalneyshey aktivizatsii otnosheniy mejdu parlamentami Uzbekistana i Kitaya
© Senat Oliy Majlisa
Shu bilan birga uchrashuvda istiqbolda ham iqtisodiyot, investitsiya, ta’lim, madaniyat, turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
"Shuningdek, tomonlar hududlararo aloqalarning kengayib borayotganligini qayd etilib, ikki mamlakatning mahalliy vakillik organlari o‘rtasidagi munosabatlarni kuchaytirish sohasidagi ishlarga e’tibor qaratdi", — deyiladi xabarda.
Muhokama so‘nggida parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirishga kelishib olindi.