TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Asirga olingan ukrainalik askar Maksim Shevchenko jang maydonidagi vaziyat juda og‘ir ekani, shu bois barchaga har qanday yo‘l bilan xizmatdan qochishni maslahat berganini aytdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Bu to‘laqonli urush, og‘ir urush. Urushmaganlar umuman urushish uchun hech qayerga bormasligi kerak. Iloji bo‘lsa, urushayotganlar qochib ketishsin”, — dedi Maksim.
Shuningdek, u Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligining harbiy xizmatchilarga munosabati haqida gapirdi.
Ular inson sifatida umuman qadrlashmagan. Biz oddiy go‘sht kabi edik. Men ikkinchi kuni, hatto birinchi kuni ham qochib qutulmoqchi bo‘ldim, lekin joy yo‘q edi”, — deya qo‘shimcha qildi asir frontga kelganida o‘z his-tuyg‘ulari haqida.
Boshqa narsalar qatorida, u Ukrainaning harbiy kampaniyasini moliyalashtirish haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Hukumatga g‘alaba bo‘lsa bo‘ldi, mayli jasadlar bo‘lsa ham, lekin u yerda g‘alaba ko‘rinmaydi. Ko‘p pul urushga ketadi, xalq yoki harbiylar bu pullarni umuman ko‘rmaydilar. Bu pullar urushni uzaytirish uchun qayergadir ketapti. Pul o‘tkaziladi, ammo qayerda va nima uchun bu oddiy askarlar uchun allaqachon tushunarsiz masala ", deb hisoblaydi asir.