TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Ukraina armiyasi Xerson viloyatining chap qirg‘og‘idan ortga surildi va Dnepr deltasidagi eng yirik orollardan butunlay chiqarib yuborildi, dedi Xerson viloyati gubernatori Vladimir Saldo RIA Novostiga bergan intervyusida.
“Dushman orollarning eng kattasidan chiqarib yuborildi. Endi dushmanning chap qirg‘oqda plasdarmlar yaratishga imkoni yo‘q”, - dedi u.
Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, Xerson yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlari o‘z faolligini biroz pasaytirgan, kichik guruhlar esa deltada harakat qilishda davom etmoqda.
“Endi Dnepr yoki Qora dengiz qirg‘oqlarida katta provokatsiyalar sodir bo‘lish ehtimoli bir-ikki oy oldingiga qaraganda pastroq. Bizning askarlar hushorlikni yo‘qotmaydi va doimiy jangovar tayyorgarlikda”, - dedi Saldo.
2022 yil sentabr oyida o‘tkazilgan referendumda ishtirokchilarning 87,05 foizi Rossiya tarkibiga qo‘shilish uchun ovoz berganidan so‘ng Xerson viloyati Rossiya hududiga aylandi. Kiyev rejimi buning qonuniyligini tan olmaydi va hududni o‘qqa tutishda davom etmoqda. Hozir Rossiya armiyasi Xerson viloyatining 75 foizini nazorat qilmoqda, Ukraina Qurolli kuchlari Dneprning o‘ng qirg‘og‘ini, shu jumladan Xerson shahrini ushlab turibdi.