TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Kursk yo‘nalishidagi janglarda 17750 nafardan ortiq askarini yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Jami Kursk yo‘nalishidagi janglarda dushman 17750 dan ortiq harbiy xizmatchi, 131 ta tank, 62 ta BMP, 97 ta BTR, 837 ta zirhli jangovar texnika, 533 ta avtomobil, 143 ta artilleriya moslamasi, 31 reaktiv ta o‘q otish tizimlari, shu jumladan AQShda ishlab chiqarilgan sakkizta HIMARS va oltita MLRS , sakkizta zenit-raketa tizimlarini ishga tushirish moslamalari, beshta transport-yuklash mashinasi, 37 ta radioelektron urush stansiyalari, 9 ta artilleriyaga qarshi radar, ikkita havo mudofaasi radarlari, 18 ta muhandislik birligi va boshqa jihozlarini yo‘qotdi", - deyiladi xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligi bir kun oldin “Markaz” guruhining bo‘linmalari DXRda Ukrainskni ozod qilganini e’lon qilgandi. Bugun esa Lesovka aholi punkti ozod qilindi.
Shuningdek, Ukrainada tomonidan 10-yil davomida mustahkam istehkomga aylantirilgan Ugledar shaharchasi ham ayni damda Rossiya qo‘shinlari tomonidan mustahkam iskanjaga olingan. Dushmanning asosiy ta’minot yo‘li doimiy o‘qqa tutilmoqda.