TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Rasmiylarga ko‘ra, "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘li besh yil ichida quriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov ma’lum qildi, deb yozmoqda Sputnik Qirg‘iziston.
Japarov “Iqtisodiy tafakkur taraqqiyoti: tadqiqotlar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada so‘zga chiqdi.
U ushbu yirik loyihani amalga oshirish allaqachon boshlanganini eslatdi. Aytilishicha, Qirg‘iziston boshi berk ko‘chada va milliard dollarlik Xitoy bozoriga tranzit yo‘llari bilan bog‘lanmagan.
“Temir yo‘l qurilishi tugagandan so‘ng istiqbollar ochiladi, bizning hisob-kitoblarimiz bo‘yicha, u yaqin besh yil ichida quriladi”, — deya qo‘shimcha qildi Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida Pekinda Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini birgalikda ilgari surish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan edi.