O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

MDH missiyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarini kuzatishga kirishdi

Missiyaning o‘n kishidan iborat guruhi bugundan boshlab saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatish bo‘yicha ish boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) missiyasi O‘zbekiston parlamenti saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatish bo‘yicha ish boshladi. Bu haqda missiya shtab-kvartirasi rahbari Yevgeniy Kozak RIA Novostiga ma’lum qildi.
O‘zbekistonda navbatdagi parlament saylovi 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi, saylovoldi tashviqoti 26-iyuldan boshlandi, nomzodlar 22-sentabrdan boshlab saylovoldi tashviqotini olib bormoqda.
“Missiyaning o‘n kishidan iborat guruhi bugundan boshlab O‘zbekiston parlamenti Qonunchilik palatasiga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatish bo‘yicha ish boshladi”, — dedi Kozak.
Unga ko‘ra, missiya tarkibiga Hamdo‘stlik davlatlaridan 100 ga yaqin kuzatuvchi kiradi. Missiyaning Toshkentdagi shtab-kvartirasi hududlardagi kuzatuvchilar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Bugun Markaziy saylov komissiyasiga MDH bosh kotibi o‘rinbosari Denis Trefilov hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi missiya shtabi rahbari Yevgeniy Kozak tashrif buyurdi.
Avvalroq MDH Ijroiya qo‘mitasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida Hamdo‘stlik davlatlarining missiyasiga tashkilot bosh kotibi Sergey Lebedev boshchilik qilishi haqida xabar bergan edi.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, saylovlarda 1 mingdan ortiq xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar, jumladan, MDH, ShHT va YXHTdan ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
Parlament saylovlari: MDH xalqaro kuzatuvchilarining bir qismi akkreditatsiyadan o‘tkazildi