"Prezident farmoni bilan joriy yildan boshlab ayollarning kichik biznes va xususiy tadbirkorligini tashkil etish uchun 100 mln dollar ajratildi. Oilaviy tadbirkorlikka ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi mahallalarda xotin-qizlar taklif etayotgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi", — dedi Parpiboyeva.
“Ishsizlik ko‘rsatkichlari va past iqtisodiy faollik darajasini bartaraf etish ko‘pgina omillar qatori raqamli iqtisodiyot faoliyatida qo‘llashni chuqur o‘zlashtirish bilan ham bog‘liq bo‘lmoqda. Bu boradagi masalalarni hal etishda ana shunday forumda bildirilgan samarali takliflar, tavsiyalar asos bo‘lib xizmat qiladi”, — deya xulosa qildi u.
“Ko‘pgina tadbirkorlar o‘zlarining asosiy ishlarini yoki oilaviy ishlarini birlashtirgan holda o‘z bizneslarini boshlaydilar va resurslar va vaqt cheklangan, shuning uchun ta’lim dasturlari muntazam ravishda mavjud bo‘lishi kerak. Qolaversa, mentorlik vositasini amaliyotga tatbiq etish muhim”, — dedi Artom Gerasimov.
"Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat idoralari va ishbilarmon doiralari uchun ayollarni raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga faol jalb etish, ayollarga tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik asoslarini o‘rgatish uchun eng tezkor va samarali raqamli yechimlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlanadi", — deydi tadbir tashkilotchilari.