O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda baholash xizmatlarining yagona bozori qachon ishga tushishi ma’lum bo‘ldi

Bu Ittifoq mamlakatlari hududidagi obyektlarning investitsion jozibadorligini oshirishga yordam beradi.
Sputnik
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) baholash xizmatlarining yagona bozorini ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) tadbirkorlikni rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Lusine Tuman ma’lum qildi.
Moskvada bo‘lib o‘tgan “Ko‘chmas mulk diqqat markazida: baholash, tartibga solish, rivojlantirish” xalqaro konferensiyasida YeIK vakili so‘zga chiqdi.
“Komissiya a’zo davlatlar bilan birgalikda baholash xizmatlari yagona bozorining uzluksiz ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratmoqda. U 2025-yilning boshida boshlanishi kerak. Joriy yilning sentabr oyi oxirida biz Ma’muriy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangan holda ichki davlat tartib-qoidalariga yuborilishini kutmoqdamiz”, — dedi Tuman.
“Turli mamlakatlarda ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirish tendensiyalari” konferensiyasining sessiyalaridan biri Ittifoqning yagona bozorin ishga tushirilishiga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar mulkni baholash xizmatlarining yagona bozori faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rish, baholash faoliyati sohasidagi YeOII mamlakatlari qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi.
Shuningdek, ular Ittifoq mamlakatlarida baholash faoliyatini rivojlantirish uchun YeOII integratsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhimligini ta’kidlashdi.
Qayd etilishicha, baholash xizmatlarining yagona bozorining paydo bo‘lishi YeOII mamlakatlari hududida obyektlarning investitsiya jozibadorligini oshirishga yordam beradi.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi qanday?