TOShKENT, 23 sen — Sputnik. AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod va Oq uyning sobiq rahbari Donald Trampning fikricha, demokratlar nomzodi Kamala Xarris Uchinchi jahon urushining oldini olishga qodir emas. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Kamala... eng oddiy savolga ham javob bera olmaydi. Bu bema’nilik! Agar u buni uddalay olmasa, uchinchi jahon urushini to‘xtatishda qanday qilib Qo‘shma Shtatlar vakili bo‘lishi mumkin? Javob oddiy: u qila olmaydi!”, — deb yozgan Tramp.
Tramp avvalroq Xarris bo‘lajak saylovda g‘alaba qozonsa, Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan harbiy mojaroga duch kelishi haqida ogohlantirgan edi.