TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Interpolning neytral maqomini saqlab qolish muhim. Bu haqida Moskvada bo‘lib o‘tgan MDHga a’zo davlatlarning Interpol Milliy markaziy qo‘mitalari rahbarlarining yig‘ilishida ta’kidlandi.
MDH vakillari MDH davlatlarida uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyat turlariga qarshi kurash maqsadida tashkilotning neytral maqomini saqlab qolish va o‘zaro axborot almashinuvining mavjud istiqbolli kanallaridan foydalanish zarurligini ta’kidlashdi.
Delegatlar, shuningdek, xalqaro terrorizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi, noqonuniy migratsiya va avtotransport vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishda Interpol kanallari orqali hamkorligini kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar.
Undan tashqari, vakillar axborot-telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqdilar.
Undan tashqari, vakillar axborot-telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqdilar.
MDHga a’zo davlatlarning Interpol Milliy markaziy qo‘mitalari rahbarlarining yig‘ilishi
© MVD RF
Moskvada 17-20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan tadbirda Rossiya IIV va Bosh prokuraturasi rahbarlari, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston IIV delegatsiyalari ishtirok etdi.