TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 7-yil ichida rahbarlik lavozimlarida ayollar soni 27 foizdan 35 foizga oshdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Sankt-Peterburgdagi IV Yevroosiyo xotin-qizlar forumida ma’lum qildi.
Narbayeva O‘zbekistonda xotin-qizlar manfaatlari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganini ta’kidladi. Jumladan, mamlakatda so‘nggi 7-yil ichida rahbarlik lavozimlarida ayollar soni oshgani, parlament faoliyatida esa 32 foizga yetgani, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga mos kelishi qayd etildi.
Sankt-Peterburgdagi IV Yevroosiyo xotin-qizlar forumi
© Senat Oliy Majlisa
“Rahbar lavozimlarda ishlayotganlar 35 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda ular atigi 27 foizni tashkil etgan. Parlament a’zolari 32 foizdan ortiqni tashkil etadi, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga mos keladi”, — dedi Narbayeva.
Tanzila Narboyeva milliy qonunchilikdagi o‘zgarishlarni ham ma’lum qildi – bu yil bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan xotin-qizlar deputatligiga nomzodlar sonining minimal kvotasi 40 foizgacha oshirilgan.
Sankt-Peterburgdagi IV Yevroosiyo xotin-qizlar forumi
© Senat Oliy Majlisa
U amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganini ta’kidladi. 2024-yilda Jahon banki o‘zining “Ayollar, biznes va qonun” hisobotida O‘zbekistonni gender tengligiga erishishda eng katta yutuqlarga erishgan beshta (190 ta) davlat qatoriga kiritdi.
Sankt-Peterburgdagi IV Yevroosiyo xotin-qizlar forumi
© Senat Oliy Majlisa
Eslatib o‘tamiz, kecha Sankt-Peterburgda IV Yevroosiyo ayollar forumi (YeAF) boshlandi. Forum mazusi: “Ayollar ishonch va global hamkorlikni mustahkamlash tarafdori”. Tadbir 18-20 sentabr kunlari ko‘plab mamlakatlardan parlament deputatlari, ijro hokimiyati organlari, xalqaro tashkilotlar, ishbilarmon doiralar, biznes, ilmiy jamoatchilik, jamoat tashkilotlari va xayriya loyihalari vakillari, xalqaro xotin-qizlar harakatining nufuzli arboblarini birlashtiradi.