TOShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari Sankt-Peterburg savdo tarmoqlariga yetkazib beriladi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Sankt-Peterburg Sanoat siyosati, innovatsiyalar va savdo qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Olga Gorishina bilan uchrashdi.
V Uzbekistane xotat postavlyat ovoshi i frukti v torgovie seti Peterburga
© Ministerstvo selskogo xozaystva Uzbekistana
Uchrashuvda O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Sankt-Peterburgning "Lenta", "OKEY", "X5 Group", "Magnit" kabi yirik savdo va chakana savdo tarmoqlariga yetkazib berish imkoniyatlari ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Melek” xolding va “NEVA MILK” kompaniyalari o‘rtasida tovarlarni o‘zaro distributsiya qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
“Uchrashuv yakunida, vazirlik va qo‘mita o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum hamda “Melek” va “NEVA MILK” o‘rtasida tovarlarni distributsiya qilish yuzasidan kelishuv imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Kelishuvga ko‘ra, manfaatli sohalarda o‘zaro aloqalarni o‘rnatish, ishbilarmon doiralar va davlatlar hududida ro‘yxatdan o‘tgan manfaatdor tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirish borasida kelishuvga erishildi.