TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Bugundan O‘zbekiston birinchi bor futzal bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladigan bellashuvlarda dunyoning eng kuchli 24 jamoasi bosh sovrin uchun kurash olib boradi.
Bugun “A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi mazkur mundialdagi o‘z ishtirokini boshlaydi. 20:00 da start oladigan o‘yinda O‘zbekiston vakillari Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston – Niderlandiya
14 sentabr | 20:00
"Humo arena" majmuasi.