Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani oshirdi

Rossiya banki buni mamlakat iqtisodiyotidagi vaziyat va yuqori inflyatsiya xavfi bilan tushuntirdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani yana bir foizga oshirdi. Endi u 19%ni tashkil qiladi. Bu 2022-yil aprel oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich, o‘shanda yillik stavka 20% bo‘lgan.

"2024 yil 13-sentabrda Rossiya Markaziy banki Direktorlar kengashi asosiy stavkani <...> yillik 19,00% gacha oshirishga qaror qildi", - deyiladi xabarda.

Asosiy stavka Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga kreditlar berish va ulardan depozitlarga pul mablag‘larini qabul qilishning minimal foizi hisoblanadi. Uning kattaligi inflyatsiyaga ta’sir qiladi. Regulyator asosiy stavkani oshirganda, iqtisodiyotdagi pul qimmatlashadi - uy xo‘jaliklari va biznes uchun kreditlar va depozitlar bo‘yicha bank stavkalari oshadi. Pul sarflash va kredit olishdan ko‘ra omonat ochish va jamg‘arish foydaliroq bo‘ladi. Shuning uchun tovarlar va xizmatlarga talab kamayadi, narxlar sekinroq ko‘tarila boshlaydi va inflyatsiya sekinlashadi.
Markaziy bank ushbu chorani Rossiya iqtisodiyotida bugungi kunda mavjud vaziyat taqizo etayotgani bilan izohladi. Xususan, ichki talab taklifga qaraganda tezroq o‘simoqda, ish haqi ham mehnat unumdorligiga qaraganda tezroq o‘smoqda, umuman Rossiya iqtisodiyoti muvozanatsiz o‘sib bormoqda. Shu sababli inflyatsiya bosimi yuqoriligicha qolmoqda - yil oxirida inflyatsiya, iyul oyidagi prognozdan 6,5–7% oshib ketishi mumkin, - deyiladi xabarda.
2023 yil oxiridan boshlab Markaziy bank asosiy stavkani yillik 16 foiz darajasida ushlab turdi, biroq iyul oyida inflyatsiyaning tezlashishi, kreditlash stavkalarining tez sur’atlari va inflyatsiya kutilmalarining oshishi fonida oshirdi. Keyin regulyator stavkani 18 foizgacha oshirdi.