Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligi keng nishonlanadi — prezident qarori

Davlat teatrlari va talabalar teatr-studiyalarida Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyatiga oid spektakllar sahnalashtiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. 2024 yilda Samarqand shahrida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligi keng nishonlanadi. “Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
“Jahon tamadduni rivojida Mirzo Ulug‘bek ilmiy-ma’rifiy merosining o‘rni va ahamiyati” mavzusida ilmiy-adabiy tadbirlar o‘tkaziladi. Davlat teatrlari va talabalar teatr-studiyalarida Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyatiga oid spektakllar sahnalashtiriladi.
Samarqand shahrida 2024-yil 10–11 oktabr kunlari “Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari o‘zbek, rus va ingliz tillarida, “To‘rt ulus tarixi” nomli tarixiy asarining o‘zbek tiliga tarjimasi qayta nashr qilinadi.
2024 yil oktabr oyida:
ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida Mirzo Ulug‘bek asarlari nashrining taqdimotlari o‘tkaziladi;
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Mirzo Ulug‘bek davriga oid asarlar qo‘lozmalarining ko‘rgazmasi tashkil etiladi;
Mirzo Ulug‘bek haqida yaratilgan “Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” nomli hujjatli film taqdimoti uyushtiriladi.
Ulkan globus va 50 metrli quyosh soati — Mirzo Ulug‘bek haqida 5 ta fakt