“Madaniy meros agentligining Badiiy ekspertiza boshqarmasi mutaxassislari Bokuda ilmiy xizmat safarida bo‘lib qaytdi. Mutaxassislar Ozarbayjon Milliy akademiyasi Muhammad Fuzuliy nomidagi qo‘lozmalar instituti fondida saqlanayotgan o‘zbekistonlik mutafakkir va allomalarning qalamiga mansub ko‘plab asarlar bilan tanishish va ma’lumotlarni yig‘ishga erishdi”, — deyiladi xabarda.
“Izlanishlar natijasida Asiruddin Axsikatiy, Hofiz Tanish Buxoriy, Ismat Buxoriy, Badruddin Chochiy, Jaloluddin Davoniy, Sayyid Sharif Jurjoniy, Voiz Koshifiy, Najmuddin Kubro, Mirxond, Ali Qushchi, Abu Lays Samarqandiy, Farhod Samarqandiy, Mas’ud ibn Umar at-Taftazoniy, Xondamir, Sharofuddin Ali Yazdiy kabi qariyb 35 allomalarning 300 tadan ortiq qo‘lozma asarlari nusxalari haqidagi dastlabki ma’lumotlar to‘plandi”, — deyiladi xabarda.