O‘zbekiston va Qozog‘iston yuqori palatalari yo‘l xaritasi ishlab chiqadi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati hamda Qozog‘iston Parlamenti Senati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston yuqori palatalari “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldi, deya xabar berdi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati hamda Qozog‘iston Parlamenti Senati Parlamentlararo hamkorlik komissiyasi hamraislari Sodiq Safoyev va Jakip Asanov o‘rtasida onlayn formatda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston yuqori palatalari “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldi
Uchrashuvda 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“Uning muhokamasi Parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha komissiyaning navbatdagi majlisida rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, O‘zbekiston prezidentining joriy yil 7-8 avgust kunlari Qozog‘istonga tashrifi doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston yuqori palatalari “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldi
Asosiy e’tibor Komissiya oldida turgan ustuvor vazifalar va oliy darajadagi ikki tomonlama kelishuvlarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini birgalikda amalga oshirish mexanizmlariga qaratildi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni parlament tomonidan qo‘llab-quvvatlash va Orolbo‘yi muammolarini hal etish masalalarini muhokama qilish uchun Komissiyaning muntazam yig‘ilishlarini o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston 7 mlrd dollarlik loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshiradi