“Biroq mamlakatlarimiz prezidentlari ulkan vazifani belgilagan: 2030-yilgacha tovar aylanmasi hajmini uch baravar oshirish va uni 30 mlrd dollarga yetkazish. Bu, albatta, katta g‘ayratni talab qiladigan ulkan vazifadir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) bilan birgalikda bu ko‘rsatkichlarga qanday erishish mumkinligi bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqdik. Buning uchun butun mahsulot nomenklaturasini tahlil qildik, o‘sib borayotgan iqtisodlarimiz bir-birining mahsulotini qayerda ko‘proq iste’mol qilishga tayyorligini ko‘rib chiqdik. Hammasini tizimlashtirdik va ulkan rejalar tuzdik. Ular uchun aniq loyihalar ro‘yxatini, olib tashlanadigan to‘siqlar, ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan yangi kelishuvlar tayyorlayapmiz”, — dedi Maksim Reshetnikov.
“Biz Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston ISSV bilan hamkorlikda loyiha yaratishga kelishib oldik. Birinchidan, biz bu yerda Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining filialini ochishga harakat qilmoqdamiz. Mazkur akademiya mamlakatimizda bakalavriat darajasida tashqi savdo bo‘yicha mutaxassislarni, lekin asosan magistrlarni tayyorlaydi, bu kasbiy qo‘shimcha tayyorlash va qayta tayyorlashdir. Xuddi shunday yo‘nalish bilan Toshkentda ham harakat qilishga kelishib oldik. Ikkinchi katta loyihamiz – biz bu yerda TDIU bilan birgalikda Ekspert markazini ochdik, u yerda O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiyoti manfaatlari ko‘zlangan tadqiqot ishlarini birgalikda moliyalashtiramiz”, — deya aniqlik kiritdi Reshetnikov.
“Bu O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun qanchalik muhim ekanini tushunamiz, shuningdek, savdoni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar. Men aytgan raqamlar ham, reja ham mutaxassislar tomonidan, jumladan, bizning markaz tomonidan tayyorlangan”, — deya tushuntirdi Rossiya vaziri.
“Biz kompaniya va vazirliklarimizda Rossiya iqtisodiyoti qanday rivojlanayotganini aytib berishga tayyormiz. Chunki kelajak yoshlar qo‘lida. Shuning uchun bunga sarmoya kiritish juda muhimdir”, — deya qo‘shimcha Reshetnikov.