Paralimpiya o‘yinlari: Mirziyoyev chempionlikni qo‘lga kiritgan sportchilar bilan gaplashdi

Prezident sportchilarni samimiy qutlab, ularning murabbiylari va ota-onasiga tashakkur aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Kecha prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyat qozongan navbatdagi sportchilar bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Dzudochi Sherzod Namozov finalda raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Bu sportchining Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi chempionligi bo‘ldi.
Yengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa, u uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.
Davlat rahbari suhbatda ularning irodali kurashlarini hayajon bilan kuzatganini, Vatanga navbatdagi oltin medallarni keltirganidan xursandligini ta’kidladi. Sportchilarni samimiy qutlab, ularning murabbiylari va ota-onasiga tashakkur aytdi.
Chempionlar yuksak e’tibor va doimiy qo‘llov uchun minnatdorlik bildirdi.
Mirziyoyev oltin medal qo‘lga kiritgan paralimpiyachilar bilan telefon orqali suhbatlashdi