TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Zayniddin Nizamxodjayev hamda MSK a’zosi Adham Ibodullayev Sirdaryo viloyatida bo‘ldi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.
Ular Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlarini o‘tkazuvchi shahar va tuman saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari va kotiblarining malakasini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bilan tanishdi.
Zayniddin Nizamxodjayev oznakomilsya s protsessami podgotovki k viboram v Sirdarinskoy i Djizakskoy oblastax
© Sentralnaya izbiratelnaya komissiya
Tinglovchilar bilan bo‘lgan muloqotda mazkur o‘quv mashg‘ulotlari saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni yuqori saviyada tashkil etish, shu bilan bir qatorda saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar mohiyatini anglab yetish va mavjud talablarni to‘laqonli bajarishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Tashrif davomida MSK raisi Sirdaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi binosida bo‘lib, bu yerda komissiya a’zolari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolari bilan suhbatlashdi. Suhbatlar davomida saylovga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarni berib o‘tdi.
Zayniddin Nizamxodjayev oznakomilsya s protsessami podgotovki k viboram v Sirdarinskoy i Djizakskoy oblastax
© Sentralnaya izbiratelnaya komissiya
Shuningdek, MSK raisi Jizzax viloyatida bo‘lib, hududiy saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdi. Saylov jarayonlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik va tashkiliy ishlarni ham ko‘zdan kechirdi. HSK a’zolari bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida tuman, shahar va okrug saylov komissiyalarining binolarini saylov qonunchiligi talablariga muvofiq jihozlash, komissiyalarda doimiy navbatchilik tashkil etish, fuqarolarning murojaatlariga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tavsiyalar berdi.
Zayniddin Nizamxodjayev oznakomilsya s protsessami podgotovki k viboram v Sirdarinskoy i Djizakskoy oblastax
© Sentralnaya izbiratelnaya komissiya
Saylovni yuqori saviyada tashkil etishda har bir saylov organlarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etishini, shundan kelib chiqib ularning saylov qonunchiligidagi ko‘nikmalari yuqori saviyada bo‘lishi lozimligini alohida qayd etib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.