O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikni samarali amalga oshirish tarafdori — Mirziyoyev

O‘zbekiston hududlari va Tanszin shahri o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy burosi a’zosi, Tanszin shahri partiya qo‘mitasi kotibi Chen Miner boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv boshida Chen Miner davlat rahbariga Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Kitayskoy Narodnoy Respubliki
Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy sheriklikni, ayniqsa, faol hududlararo muloqot doirasida yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Keyingi yillarda O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va har qanday sharoitda ham strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tanszin shahrining yetakchi kompaniyalari bilan savdo, sanoat, "yashil" energetika, qurilish va infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi. Innovatsiyalar, ta’lim va madaniyat sohalarida almashinuv dasturlarini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston hududlari va Tanszin shahri o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.
O‘zbekiston va Xitoy hududlararo hamkorlikni kengaytirmoqchi