Mirziyoyev: FAO bilan strategik sheriklik bo‘yicha uzoq muddatli dastur qabul qilish muhim

O‘zbekiston va FAO o‘rtasidagi zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi samarali chora ko‘rish borasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Suy Dunyuyni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi nufuzli tarmoq tuzilmasi rahbari shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha xalqaro forum doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Uchrashuv avvalida BMTning yuqori martabali vakili dunyoning 30 tadan ortiq mamlakatidan nufuzli delegatsiyalar ishtirok etayotgan forumni muvaffaqiyatli o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlagani uchun Mirziyoyevga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal generalnogo direktora Prodovolstvennoy i selskoxozaystvennoy organizatsii OON (FAO) Suy Dunyuya.
Suhbat davomida O‘zbekiston va FAO o‘rtasidagi zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi samarali chora ko‘rish borasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda amaliy hamkorlikda erishilgan samarali natijalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan, 2025-yilgacha bo‘lgan davrda hamkorlik bo‘yicha mamlakat dasturini bajarish sifat ko‘rsatkichlari ikki barobar yaxshilandi. Hozirda 34 ta loyiha faol amalga oshirilmoqda. O‘tgan bir yil ichida dehqonchilik, maktablarda ovqatlanish, veterinariya, agrokimyo va boshqa sohalarda 7 ta yangi loyiha ishga tushirildi.
Yangi besh yillik sheriklik dasturini tayyorlash va qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal generalnogo direktora Prodovolstvennoy i selskoxozaystvennoy organizatsii OON (FAO) Suy Dunyuya.
Agrosanoat majmuasini raqamlashtirish, ilg‘or bilim va tajriba almashish, yer fondi unumdorligini oshirish, organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy klasterlar va logistika markazlarini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha istiqbolli qo‘shma loyiha va tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq global va mintaqaviy vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.
BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan yana bir rezolyutsiyani qabul qildi