G‘arb Ukraina mojarosi orqali o‘zining asosiy maqsadiga erishmoqchi — razvedkachi

G‘arbning asosiy maqsadi — Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratish, uni parchalab boyliklariga egalik qilish.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. G‘arb Kiyev rejimi qo‘li orqali Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratmoqchi, dedi iste’fodagi amerikalik razvedkachi Skott Ritter Youtube dagi "Reporterfy Media & Travel" kanaliga bergan intervyusida.

"G‘arb — AQSh va Yevropa o‘zlarining asosiy maqsadlari — Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratishni Ukraina mojarosi bilan bog‘ladilar. Ular Ukraina mojarosi orqali buni amalga oshirishni umid qilmoqdalar", - dedi razvedkachi.

Uning ta’kidlashicha, bunday rejani amalga oshirish nihoyatda qiyin, chunki Rossiya yadro arsenaliga ega va hech qachon strategik jihatdan mag‘lub bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Sobiq razvedkachiga ko‘ra, Ukrainaga qurol yetkazib berish siyosati barbod bo‘lgan va bu mojaroda haqiqiy mag‘lub bo‘lgan yagona tomon Kiyevning o‘zi bo‘ladi.
“Mojaro yakunida ularda Odessa, Xarkov, <...> Kiyev, <...> shaharlari bo‘lmasligi mumkin, ularda hatto o‘z millati bo‘lmasligi mumkin" — deya bashorat qiladi ekspert.
Prezident Vladimir Putin G‘arbning Rossiyani mag‘lub etish, parchalash va talon-taroj qilish rejalariga bir necha bor ishora qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularga aholisi juda ko‘p bo‘lgan bunday katta mamlakat kerak emas edi. Davlat rahbari “ular hech qachon buni uddalay olmaydilar”, deb ta’kidlagan edi.
O‘zga sayyoraliklar, Ukraina bilan kelishuv va Durov: Vladimir Putinning asosiy fikrlari