TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Fuqaroning ish haqlari va ish stajlarini tasdiqlash uchun rasmiy xat kiritish yoki fuqarolarni arxivlarga yuborishi hollariga barham beriladi. Bu haqida AOKAda "O‘zarxiv" agentligi ma’lum qildi.
“O‘zarxiv” agentligi fuqarolarning ish haqi va ish stajini hamda yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini taqdim etishni qat’iy ravishda davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali ko‘rsatadi.
Shu jumladan, pensiya tayinlashda axborot tizimlarida zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yagona portalda (arm.gov.uz) ochilgan shaxsiy kabinet orqali Idoralararo integratsiyalashgan platforma yordamida yo‘llagan so‘rovi asosida “my.archive.uz” dasturi orqali QR-kodli arxiv ma’lumotnomalari elektron shaklida taqdim etiladi.
Bunda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan xorijdan kelib tushgan so‘rovlar mustasno.
Bunda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan xorijdan kelib tushgan so‘rovlar mustasno.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning 1-yarimida "O‘zarxiv" tizimidagi arxivlar tomonidan fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy mazmundagi 250 mingtadan ziyod so‘rovi ijrosi ta’minlangan. Shundan faqat 20 foizi fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaati asosida amalga oshirilgan.