O‘zbekistonda yangi faxriy unvon ta’sis etildi

Faxriy unvon biznes yuritishda katta tajribaga ega, ilg‘or va tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari rahbarlari va ta’sischilariga beriladi.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etildi.
O‘zbekistonning “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etildi.
Tadbirkorlarga yengilliklar beriladi — prezident farmoni
Faxriy unvon biznes yuritishda katta tajribaga ega, ilg‘or va tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari rahbarlari va ta’sischilariga quyidagilar uchun beriladi:
biznesning yangi, yuqori daromadli yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan;
sohaga innovatsiyalarni keng joriy qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, eksport salohiyatini oshirish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan;
o‘z faoliyati davomida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirib, ijtimoiy loyihalardagi faolligi bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Biznes, raqobat, javobgarlik va islom moliyasi: tadbirkorlar uchun yangi tashabbuslar