TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Bugundan O‘zbekistondagi maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi. Respublika maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari soat 8:00 da jarangladi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari "Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz" shiori ostida o‘tkazildi.
“1-sinfiga ilk qadam qo‘ygan bolajonlarga 12 ta turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkalari, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi”, — deyiladi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabarida.
Vazirlikka ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilida 10 mingdan ortiq maktablarga 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar 1-sinfga qabul qilindi.