Paralimpiya kundaligi: Bobur Omonov ikki karra chempion bo‘ldi

O‘zbekiston paralimpiyachilari ayni damda 14 ta medalga ega bo‘lishdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Bobur Omonov ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi.

Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish dasturida Bobur Omonov 14.32 metr natija qayd etib, ham rekord o‘rnatdi, ham oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bobur Omonov
Ma’lumot uchun, Bobur Omonov bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

2 sentabr kuni O‘zbekiston paralimpiya jamoasi yana bir medal sohibiga aylandi — para yengil atletikaning F54 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha 7,75 metr natija qayd etib, Nurxon Qurbonova bronza medalga ega chiqdi.
Nurxon Kurbonova
Shunday qilib, O‘zbekiston paralimpiyachilari ayni damda 14 ta medalga ega bo‘lishdi: 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.

Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti - O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev va muxlislar ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni Bobur Omonovni tarixiy yutuq bilan tabriklashdi.