Paralimpiya o‘yinlari: o‘zbekistonlik sportchilar oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritishdi

Delegatsiya hisobidagi medallar hozircha 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronzani tashkil etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi medallarni qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Shunday qilib, para taekvondochi Asadbek Toshtemirov O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni keltirdi.
Uzbekskie paraatleti zavoyevali visokie nagradi na Paralimpiyskix Igrax v Parije
K44 klassining -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Toshtemirov Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylandi. U chempionlik jangida meksikalik Luis Naxeraga hech qanday imkon qoldirmadi.
Shuningdek, para taekvondochi Guljanoy Naimova Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi. K44 klassida +65 kg vazn toifasida qatnashgan sportchi britaniyalik Emi Trusdeylga qarshi chempionlik jangida jarohat sabab bahsni yakunlay olmadi va kumush medal bilan cheklandi.
Uzbekskie paraatleti zavoyevali visokie nagradi na Paralimpiyskix Igrax v Parije
Bu Guljanoy uchun Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi medal bo‘ldi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida u oltin medalga ega chiqqan edi.
V nastoyashee vremya v kopilke delegatsii Uzbekistana imeyutsya 5 zolotie, 3 serebranie i 3 bronzovie medali.
Para yengil atletika bo‘yicha F57 klassining nayza uloqtirish bahslarida Yorqinbek Odilov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarini to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan Odilov bugungi musobaqada 50.32 metr natija ko‘rsatishga erishdi.
Uzbekskie paraatleti zavoyevali visokie nagradi na Paralimpiyskix Igrax v Parije
Qolaversa, para yengil atletika bahslarida Mohigul Hamdamova bronza medalga sazovor bo‘ldi. F57 klassida disk uloqtirish dasturida u 32.75 metr bilan shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Uzbekskie paraatleti zavoyevali visokie nagradi na Paralimpiyskix Igrax v Parije
Shu tariqa, delegatsiya hisobidagi medallar hozircha 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronzani tashkil etmoqda.
V nastoyashee vremya v kopilke delegatsii Uzbekistana imeyutsya 5 zolotie, 3 serebranie i 3 bronzovie medali.
Parij-2024: Elbek Sultonov O‘zbekiston delegatsiyasiga uchinchi oltin medalni taqdim qildi
Parij-2024: para yengil atletikachilar oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Asila Mirzayorova Paralimpiya rekordini o‘rnatdi va oltin medal sohibi bo‘ldi
Paralimpiya o‘yinlari: ilk kunda O‘zbekiston delegatsiyasi 2 medal qo‘lga kiritdi
Mirziyoyev oltin medal qo‘lga kiritgan paralimpiyachilar bilan telefon orqali suhbatlashdi