Prezident Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi — foto

Shavkat Mirziyoyev posetil park “Yangi Uzbekiston” i vozlojil sveti k podnojiyu monumenta Nezavisimosti
Mustaqillik monumenti davlat ozodligi va barqarorligi ramzi hisoblanadi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mustaqillik monumenti davlat ozodligi va barqarorligi ramzi hisoblanadi. Unda O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik davlatchilik tarixi, buyuk alloma va jahongir bobolar siymolari aks etgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.
Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etib, monument poyiga gullar qo‘ydi.
Bu mamlakat mustaqilligining 33-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlaridan biri.
Na allee Shaxidlar xotirasi sostoyalas seremoniya pominoveniya jertv repressiy
Mirziyoyev qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi