Yil boshidan buyon 3 mlrd kVt⋅s "yashil energiya" ishlab chiqarildi

Na Mubarekskoy teplovoy elektrotsentrali ustanovili bolee 1780 solnechnix paneley
Muqobil energiyadan foydalanish natijasida 983,3 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi️, atmosferaga 1,3 mln tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.
Sputnik
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekistonda yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari yordamida 3 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar qilmoqda.
"Bugun soat 16:45 holati bo‘yicha O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2024-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 3 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi", - deyiladi xabarda.
Bugun O‘zbekistonning 7 ta viloyatida umumiy quvvati 2,4 GVt bo‘lgan 9 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda bitta shamol elektr stansiyasi "yashil" energiya ishlab chiqarmoqda.

Aytish joizki, shu paytgacha quyosh elektr stansiyalari tomonidan 2 mlrd 677,8 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyasi tomonidan esa 322,2 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning natijasida️ 983,3 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi️, atmosferaga 1 mln 291,1 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.