Mustaqillik bayramiga tuhfa: Toshkent halqa yo‘lining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qismi ochildi

Prezident xalqning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qiladigan bunday qurilishlar davom ettirilishini bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent halqa yo‘lining Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tgan qismida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s rekonstruirovannoy chastyu Tashkentskoy kolsevoy dorogi v Mirzo-Ulugbekskom rayone.
Bu yo‘l poytaxt va Toshkent viloyatining bir necha tumanlarini bog‘laydi. So‘nggi yillarda qatnov sezilarli ortdi. Shularni inobatga olib, bu yerda zamonaviy transport yechimi qo‘llanildi.
Yo‘lning 4 kilometriga asfalt-beton yotqizildi. Qatnov qismi oldingidan kengaytirilib, 6-8 tasmaga yetkazildi. Shuningdek, 4 ta yerosti o‘tish joyi, piyoda va veloyo‘laklar qurildi.
O‘ziga xos yechimlar asosida 3 ta qayrilib olish hamda 18 ta kesishmalarda qo‘shilib olish joylari tashkil etildi. Bu haydovchilarga qulaylik yaratib, tirbandlikni kamaytirishda muhim omil bo‘ladi.
Ko‘chaning Buyuk ipak yo‘li bilan kesishmasida yig‘ma temir konstruksiyali yo‘l o‘tkazgich qurildi. Ko‘cha bo‘ylariga elektron shaklda boshqariladigan tungi yoritish tizimi, aqlli svetoforlar o‘rnatildi. O‘n uchta bekat qurildi. Hudud ko‘kalamzorlashtirilib, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s rekonstruirovannoy chastyu Tashkentskoy kolsevoy dorogi v Mirzo-Ulugbekskom rayone.
Prezident yangi yo‘l va inshootlar Mustaqillik bayramiga tuhfa ekanini ta’kidlab, xalqning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qiladigan bunday qurilishlar davom ettirilishini bildirdi.
V Tashkente rasshirili i rekonstruirovali kolsevuyu dorogu
Ma’lumot uchun, joriy yilning o‘tgan davrida O‘zbekistonda 12 ming 600 kilometr avtomobil yo‘llari, ikki yuzga yaqin ko‘prik rekonstruksiya qilingan.
Respublika onkologiya markazi yangi majmuada ish boshlaydi