O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlarida budjet ijrosi ko‘rsatkichlari qanday?

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi joriy yilning 6 oyi davomida Ittifoq mamlakatlarida budjet ijrosi va davlat qarzi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) Statistika departamenti 2024-yilning birinchi yarmida ittifoqqa a’zo davlatlar davlat budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qildi. Bu haqda Rossiya TIV MDH mamlakatlari birinchi departamentining Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdim etilgan ma’lumotlardan "beshlik" mamlakatlarida budjetlar qanday ijro etilganligi, ularning tuzilishi, shuningdek, ittifoq davlatlarining davlat qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.
“2024 yilning yanvar-iyun oylarida Armaniston va Qirg‘izistonda respublika budjeti profitsit bilan ijro etildi. Shu bilan birga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan Armanistonda profitsit 12 baravarga kamaygan, Qirg‘izistonda esa 13 barobarga oshgan. Qozog‘iston va Rossiyada budjet taqchilligi kamaydi (mos ravishda 18% va 2 barobar),” — deyiladi hisobotda.
YeOII davlatlarining mamlakat budjetlarining daromadlari va xarajatlari o‘sish sur’atlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ko‘p yo‘nalishli dinamikaga ega bo‘ldi.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari budjet daromadlari bo‘yicha Rossiyada (+34%), eng pasti esa Qozog‘istonda (-2%) budjet xarajatlarida kuzatildi. Hisobot davrida daromadlar tarkibida asosiy ulushni qo‘shilgan qiymat solig‘i (25%-39%), shuningdek, budjet daromadlarining boshqa daromadlari (43%-55%) egalladi.
Xarajatlarda salmoqli ulush ijtimoiy soha va milliy faoliyatni moliyalashtirishga to‘g‘ri keldi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan Qirg‘izistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirish bundan mustasno, ushbu moddalar bo‘yicha xarajatlar ulushi oshdi.
O‘zbekiston va YeOII
Rossiya O‘zbekiston bilan tashqi savdo bo‘yicha YeOII davlatlari orasida yana yetakchiga aylandi