Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga muddatidan oldin podpolkovnik unvoni berildi

Sportchilarga unvonlar Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Kapitan Bahodir Jalolov va kapitan Hasanboy Do‘smatovga navbatdan tashqari podpolkovnik harbiy unvoni muddatidan oldin berildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.
Ularga ushbu unvon Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi shaxsiy tarkibi orasida o‘zlarining sadoqati, jasorati va mardligi bilan o‘rnak bo‘lib, ustoz-shogird an’analariga muvofiq harbiy xizmatchilar va yoshlar orasida sportni targ‘ib qilishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun kapitan Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li va kapitan Do‘smatov Hasanboy Marufjon o‘g‘liga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining ruxsati bilan navbatdan tashqari podpolkovnik harbiy unvoni muddatidan oldin berildi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev, O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov hamda boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi, Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi katta o‘qituvchisi podpolkovnik Elshod Rasulov “Milliy gvardiya fidoyi xodimi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga muddatidan oldin podpolkovnik unvoni berildi
Eslatib o‘tamiz, Parijda o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida 8 ta oltin medalni Diyora Keldiyorova, Hasanboy Do‘smatov, Ulug‘bek Rashitov, Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev, Lazizbek Mullajonov, Abdumalik Xalokov, Razambek Djamalov, Bahodir Jalolov, 2 ta kumush medalni Akbar Jo‘rayev, Svetlana Osipova, 3 ta bronza medalini Alisher Yusupov, Muzaffar To‘raboyev, G‘ulomjon Abdullayev qo‘lga kiritishdi.
Olimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylar mukofotlandi
Mirziyoyev 2028-yilgi olimpiadaga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligini aytdi