TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Rossiya kuchli harbiy kuch, Ukraina esa yo‘q. Bu haqda AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Donald Tramp navbatdagi intervyusida Rossiya armiyasi va Ukraina armiyasi o‘rtasidagi muhim farqni aytib o‘tdi.
"Rossiya qishda a’lo kurashadi. Ular Germaniyani mag‘lub etishdi, Napoleonni mag‘lub etishdi. Ular kuchli harbiy kuch, Ukraina esa yo‘q", — deydi siyosatchi.
Shu bilan birga, u AQSh boshqa narsalar qatorida bu mamlakatda korrupsiya juda yuqori darajada bo‘lishiga qaramay, Kiyevni pulga ko‘mayotganiga e’tibor qaratdi.
Avvalroq Oq uyning sobiq rahbari 27-iyun kuni bo‘lib o‘tgan saylovoldi debatlari chog‘ida 2025-yil 20-yanvarda prezidentlik qasamodini qabul qilishdan oldin ham mojaroni hal qilishiga va’da bergan edi. Shu bilan birga, u agar Moskva Amerika prezidentini hurmat qilganida Ukrainadagi mojaro "hech qachon sodir bo‘lmasdi", deb ta’kidladi.