Pavel Durov Parijda hibsga olindi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishni istamagan.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Telegram asoschisi Pavel Durov Parijda hibsga olindi, deya xabar berdi mamlakat ommaviy axborot vositalari.
Shanba kuni kechqurun fransuz OAVlari Telegram asoschisi Pavel Durov Le- Burje aeroportida hibsga olingani haqida xabar berdi. Matbuotining yozishicha, Fransiya fuqaroligiga ega Durov mamlakatda qidiruvga berilganlar ro‘yxatida bo‘lgan.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya adliyasi Durovni bir qancha sabablarga ko‘ra, jumladan Telegram'ning mamlakat rasmiylari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani sababli jinoyatlarga aloqador deb hisoblaydi.
Fransiya rasmiylari tomonidan Durovga nisbatan qidiruv e’lon qilingan order faqat tadbirkor Fransiyaga yetib kelgan taqdirdagina faollashtirilishi kerak edi.
“Qidiruv buyrug‘i faqat shaxs Fransiya hududiga yetib kelgan taqdirdagina faollashtirildi”, — deb yozadi OAV.
Durov o‘zining Fransiyada qidiruvga berilgani haqida bilar edi, biroq baribir mamlakatga uchib kelgan, deb xabar bermoqda mahalliy OAV o‘z nomini oshkor etmagan tergovchiga tayanib.
OAV tadbirkorga terrorizm, narkotik moddalar savdosi, firibgarlik va jinoiy daromadlarni legallashtirishda ayblangan bo‘lishi mumkinligini da’vo qilmoqda.
Durov bu mamlakatda 20-yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova mazkur voqeani Rossiya elchixonasi nazoratga olganini ta’kidladi.
O‘zbekistonning 70% dan ortiq aholisi Telegram’dan foydalanadi — Durovning taassurotlari