“Hizbulloh” Isroilga qarshi javob zarbasi berdi — tafsilotlar

“Hizbulloh” Isroilga qarshi javob zarbasining birinchi bosqichi tugaganini e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Hizbulloh Isroilga javob zarbasi berishda 11 ta nishon tor-mor etilganini e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti harakat matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi.
“Birinchi bosqich muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu Isroil hududi chuqurligidagi asosiy nishonga uchuvchisiz samolyotlarning parvozini ta’minlash uchun Isroil kazarmalari va kuchli nuqtalariga hujumlar bosqichidir. Dronlar rejalashtirilganidek parvoz qildi”, — deyiladi xabarda.
“Hizbulloh” zarba berilgan 11 nishonni sanab o‘tdi. Ular orasida “SAXAL”ning Mayrun, Zaatun va Sahel bazalari va bosib olingan Golan tepaliklaridagi ikkita baza, shuningdek, uchta kazarma va bir nechta kuchli nuqtalar bor edi.
Harakatga ko‘ra, Isroildagi nishonlarga 320 dan ortiq “Katusha” raketalari uchirilgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur hujum Isroilning Bayrut chekkasiga zarbasi va qo‘mondon Fuad Shukrning o‘ldirilishiga javob sifatida amalga oshirilgan.
Isroil “Hizbulloh”ga nomutanosib javob bilan tahdid qildi