TOShKENT, 24 avg — Sputnik. 23-24 avgust kunlari Parkent tumanidagi Zarkent qishlog‘ida xalqaro uzumchilik va vinochilik festivali bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Festivaldan maqsad — O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini namoyish etish, uzumchilik va vinochilikning qadimiy tajribasini ommalashtirishdan iborat.
V Tashoblasti proxodit festival vinogradarstva i vinodeliya
© Sputnik/Zafar Xalilov
Bu yerda nafaqat respublikaning yetakchi vino ishlab chiqaruvchilari va qo‘shma korxonalar mahsulotlari taqdimoti va degustatsiyasi, balki ushbu ichimlikning noyob navlarini sotish bo‘yicha auksion ham o‘tkazilmoqda.
V Tashoblasti proxodit festival vinogradarstva i vinodeliya — foto, video
© Sputnik/Zafar Xalilov
Bugungi kunda O‘zbekistonda uzum va boshqa rezavorlarning 18 navi yetishtiriladi, shundan 13 tasi Toshkent viloyatida maxsus yaratilgan. Viloyatda yetishtirilgan 40 ming tonnadan ortiq uzum 11 davlatga, vino mahsulotlari 9 davlatga eksport qilinmoqda.
V Tashoblasti proxodit festival vinogradarstva i vinodeliya
© Sputnik/Zafar Xalilov
Keyingi uch yilda 20 ming gektar maydonda yangi plantatsiyalar barpo etish rejalashtirilgan. Bu umumiy uzumzorlar maydonini 39 ming gektarga yetkazadi. Hosil 400 ming tonnani tashkil etishi kutilmoqda.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.