Toshkentda "International Inclusive Hub" ochildi

Xabda kasbga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari amalga oshiriladi va sinovdan o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Toshkentda "International Inclusive Hub" ochildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirgi bosqichda xabda kasbga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari amalga oshiriladi va sinovdan o‘tkaziladi. Bu maskan yoshlarning abilitastiyasi, reabilitatsiyasi va jamiyatga moslashishi maqsadida ularga sifatli ta’lim olish, iqtidorlarini namoyon etish, zamonaviy hamda istiqbolli kasblarni tanlashda teng imkoniyatlar yaratadi.
V Tashkente otkrilsya International Inclusive Hub
“Yuqori darajadagi tayyorgarlikni aniq va gumanitar fanlar, IT sohasi bo‘yicha O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari va xorijiy ekspertlar, shuningdek, taniqli san’at arboblari, moda, fotografiya, kino, tasviriy san’at va boshqa ijodiy yo‘nalishlar ustalaridan iborat o‘qituvchilar tarkibi ta’minlaydi. Bundan tashqari, bu yerda ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib boriladi”, - deyiladi xabarda.
V Tashkente otkrilsya International Inclusive Hub
Loyiha prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda "Zamin" fondi tomonidan amalga oshirilmoqda.
V Tashkente otkrilsya International Inclusive Hub
Xab - bu inklyuziv O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarning akseleratori bo‘lib, milliy, xalqaro va jamoat tashkilotlarini birlashtirgan platforma.