O‘zbekiston va Rossiya sut mahsulotlari ishlab chiqarishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Rossiya sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ochadi.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ochadi. Bu haqda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg Sanoat siyosati, innovatsiyalar va savdo qo‘mitasi vakillari hamda bir qator kompaniya vakillari o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, muloqotda "NEVA MILK" kompaniyasi O‘zbekiston hududida mavjud ishlab chiqarish kapitaliga kirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
“Muloqotda O‘zbekiston hududida qo‘shma ishlab chiqarish korxonasini ochish, shuningdek, O‘zbekistondan Rossiya va xorijiy davlatlarga sut mahsulotlari, sariyog‘ eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston bo‘yicha fermer xo‘jaliklari tomonidan 129 975 tonna sut yetishtirildi.
Ko‘chma go‘sht va sut shoxobchalari tashkil qilish zarur — Shavkat Mirziyoyev