Yer osti boyliklarini o‘zlashtirishga tadbirkorlar keng jalb etiladi

Shu yilning o‘zidayoq 150 tadan ortiq kon va maydonlar tadbirkorlarga sotildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Yer osti boyliklarini o‘zlashtirishga tadbirkorlar keng jalb etiladi. Bu haqda Nukusda bo‘lib o‘tayotgan prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ma’lum qilindi, deb yozadi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Muloqtda yer osti boyliklarini o‘zlashtirishga tadbirkorlarni keng jalb etib, ishlab chiqarishni ko‘paytirish muhimligi ta’kidlandi.
Aytilishicha, shu yilning o‘zidayoq 150 tadan ortiq kon va maydonlar tadbirkorlarga sotildi.
“Yil yakunigacha yana 300 ta kon va maydonlar tadbirkorlarga taklif qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, qurilishda qum-shag‘alga ehtiyojni qoplash maqsadida 110 million kub metr zaxirali 172 ta kon ham tadbirkorlik uchun ajratiladi.
Qayd etilishicha, yiliga 250 trillion so‘mdan ziyod davlat xaridlari amalga oshirilmoqda. Shu bois, davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish vaqti keldi.
Kelgusi yilgi davlat investitsiya dasturidagi har bir loyiha bo‘yicha mahalliy mahsulotlar ulushi qancha bo‘lishi aniq belgilanadi. Davlat xaridida endi mahalliy mahsulot ulushini oshirish rag‘batlantiriladi.
Jumladan, energetika, neftgaz, kimyo, metallurgiya, temir yo‘l kabi tarmoqlardagi yirik korxonalar 2-3 yillik buyurtmalarini kooperatsiya portaliga oldindan joylashtiradi.
Mahalliy korxonalar esa ushbu buyurtmalar asosida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ularning loyihalariga dastlabki bosqichda 100 million dollar yo‘naltiriladi.
Endi auksiondan yer sotib olgan tadbirkorga QQS hisoblash bekor qilinadi