O‘zbekistonda maymun chechagiga qarshi dori vositalari zaxirasi tashkil etildi

Sanepidqo‘mita maymunchechakka qarshi olib borilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. O‘zbekistonda maymun chechagi infeksiyasiga qarshi zarur dori vositalari zaxirasi tashkil etildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanepidqo‘mita boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikramov ma’lum qildi.
O‘zbekiston maymunchechak kasalligini oldini olish choralarini ko‘ra boshladi
Respublikaga maymun chechagi kasalligi kirib kelgan taqdirda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tayyorgarlik choralari ko‘rildi.
Quyidagilar amlaga oshirildi:
Yuqumli kasalliklar shifoxonasida shifo-o‘rinlari, zarur dori vositalari zaxirasi tashkil etildi;
kasallikka chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni 21 kun mobaynida tibbiy kuzatuvini tashkil etish belgilandi;
kasallikni chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida xalqaro aeroportlarda, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali chegara kesishgan joylarda sanitariya nazorati punktlari mutaxassislarining xushorligi oshirildi;
Maymun chechagi kasalligining etiologiyasi, klinikasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma asosida mutaxassislarning malakasi oshirildi;
Kasallikni laborator aniqlash uchun test-diagnostikum zaxirasi yaratilmoqda.

“Albatta, bu xabarlardan turlicha talqin yaratadiganlar ham topiladi, lekin sizlarni ishontirib aytamanki ushbu kasallik bizning yurtimizga kirib kelmaslik choralari qat’iy ravishda amalga oshirilmoqda. Siz va bizning vazifamiz xar qanday holatda shifokorlarga ishonch bildirgan holda o‘z sog‘lig‘imizga o‘zimiz jiddiy munosabatda bo‘lishimiz zarur”, — dedi Ikramov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turli davlatlarga tashriflar chegaralangani yo‘q. Biroq, o‘sha davlatlarda bo‘lib qaytgandan so‘ng yoki boshqa sabablarga ko‘ra sog‘liqdagi ba’zi o‘zgarishlarni faqat shifokorlarga murojaat qilgan holda to‘g‘ri tashhislash va davolash kerakligini unutmaslik so‘raldi.
Ma’lumot uchun, maymun chechagi – virusli infeksiya bo‘lib, odamlarga, ifloslangan narsalar yoki kasal hayvonlar bilan muloqot va jinsiy muloqot orqali yuqishi mumkin.
JSST maymunchechak virusi tufayli global favqulodda holat e’lon qildi