O‘zbekiston maymunchechak kasalligini oldini olish choralarini ko‘ra boshladi

O‘zbekistonda maymunchechak kasalligining chetdan kirib kelishi va uning tarqalib ketishini oldini olish yuzasidan ma’lum chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekiston maymunchechak kasalligini oldini olish choralarini ko‘ra boshladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lum qildi.
Kimlar birinchi navbatda maymun chechagiga qarshi emlanishi kerak - immunolog
Qo‘mita boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikromovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda maymunchechak kasalligining chetdan kirib kelishi va uning tarqalib ketishini oldini olish yuzasidan ma’lum chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu kasallikka chalinganlikda gumon qilinadigan holatlarda laboratoriya tashxislarini o‘tkazish uchun virusologiya mutaxassislari qayta tayyorgarlikdan o‘tkazildi. Maymunchechak kasalligini tashxislash uchun zarur bo‘ladigan diagnostika va test sistemalarini olib kelish yuzasidan ishlar yo‘lga qo‘yildi.
AQShda maymun chechagi bilan kasallangan birinchi bemor vafot etdi
Aytilishicha, yaqin kunlarda yuqumli kasalliklar shifoxonalarida maymunchechak belgilarini aniqlash maqsadida shifokorlar bilan o‘quv seminarlari tashkil etiladi.
JSST maymunchechak virusi tufayli global favqulodda holat e’lon qildi