O‘zbekistonliklarga Kursk, Bransk va Belgorodda jamoat joylariga bormaslik tavsiya etildi

Talabalarga vaqtincha onlayn ta’limga o‘tish tavsiya etildi.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Kursk, Bransk va Belgoroddagi fuqarolarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.
O‘zbekiston elchixonasi Rossiyaning Kursk, Bransk va Belgorod viloyatlarida bo‘lib turgan fuqarolarga tavsiyanoma e’lon qildi.
“Rossiyaning Kursk, Bransk va Belgorod viloyatlaridagi vaziyat munosabati bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni, o‘ta zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslikni, shuningdek jamoat joylariga borishni cheklashni tavsiya qiladi”, — deyiladi xabarda.
Imkon qadar ushbu hududlarda tahsil olayotgan talabalarga vaqtincha masofaviy ta’lim formatiga (onlayn) o‘tish tavsiya etildi.
Konsullik yordami yoki maslahat uchun O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Konsullik bo‘limining Call-markaziga murojaat qilish mumkin.
+7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76.
Elektron pochta manzili: uzkorus@mail.ru.
Ma’lmot uchun, 17-avgust holatiga ko‘ra, Kursk yo‘nalishidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari 3160 nafar harbiy xizmatchi va 44 tankni yo‘qotgan.