TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “Taraqqiyot” sanoat zonasida metalni qayta ishlash zavodi loyihasi ishga tushirilmoqda, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning so‘zlariga ko‘ra, metallurgiya sohasidagi mazkur yirik loyiha xitoylik ishbilarmonlar bilan mustahkam, ishonchli hamkorlikning samarasi.
Kitay zapuskayet metalloobrabativayushiy zavod v Ferganskoy oblasti
© Xokimiyat Ferganskoy oblasti
“Xitoyning "Shandong Aipurui Steel Plate Co., Ltd" kompaniyasi bilan tashkil etilayotgan loyiha uch bosqichdan iborat bo‘lib, uning qiymati 120 million dollardan ortiqni tashkil etadi, 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi”, — deyiladi xabarda.
Zavodning dastlabki bosqichi 2025-yilning birinchi choragida ishga tushishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, qayta ishlangan temir mahsulotlari ichki ehtiyojlarni qoplash bilan birga, tashqi bozorga eksport ham qilinadi.
Kitay zapuskayet metalloobrabativayushiy zavod v Ferganskoy oblasti
© Xokimiyat Ferganskoy oblasti
Ma’lum qilinishicha, “Fargona metallurgiya zavodi” O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma korxonasi ro‘yxatdan o‘tkazilib, o‘z faoliyatini boshladi.