Olmaotadagi Ritz-Carlton mehmonxonasida 3-oktabr kuni Markaziy Osiyoning ombor ko‘chmas mulki sohasidagi asosiy hodisa – 1st Central Asia Warehouse Summit / CAWS bo‘lib o‘tadi. Tadbir tashkilotchilari: sanoat va ombor ko‘chmas mulki sohasida Markaziy Osiyodagi TOP-5 professional konsalting kompaniyalariga kiruvchi IBC Global kompaniyasi va ko‘chmas mulk sohasidagi eng yirik xalqaro konsaltning kompaniyalaridan biri Colliers Kazakhstan.
Otkrita registratsiya na CAWS, glavnoe sobitie v skladskom segmente Sentralnoy Azii
© Press-slujba IBC Global
Tadbir Qozog‘iston Respublikasining "Atameken" Milliy tadbirkorlar palatasi, “Kazakh Invest milliy kompaniyasi” AJ, NielsenIQ Kazakhstan ko‘magida o‘tkaziladi. Bosh hamkor: MP Solutions, rasmiy hamkorlar: Burunday Container Terminal, "Istkomtrans" MChSh.
Biznes dasturi ishtirokchilari: DAS Family Office (Cingapur) investitsiya portfelini rivojlantirish bo‘yicha hamkor va strategik ekspert, xalqaro investor Rayner Mixael Prayss va International Digital News media-tadqiqot agentligi hammuassisi Adrian Xenni.
CAWS – sohadagi muhim hodisa bo‘lib, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Rossiyadan 300 ga yaqin ishtirokchilarni birlashtiradi.
Tadbir davomida investorlar va bank sektori vakillari tijorat ko‘chmas mulk, savdo va logistika sohalarini rivojlantirish uchun mintaqaning investitsiya jozibadorligini baholaydilar. CAWS mehmonlariga batafsil makroiqtisodiy holat va kelgusi yillar uchun prognoz taqdim etiladi. Ma’ruzachilar mintaqadagi rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari, bozor ishtirokchilari oldida turgan asosiy vazifalar va yangi sarmoyaviy imkoniyatlar haqida so‘z yuritadilar.
Ishtirokini tasdiqladi: Golden Bridge, Wildberries, Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) Eurasian Development Bank, Qirg‘iziston Respublikasi Iqtisodiyot va tijorat vazirligi, Rossiya pochtasi, Sturgeon Capital, Ghelamco Group, Rossiya eksport markazi, Radius Group, Focus Logistics, Apple City, Orient Logistics, Alkanov Group, Istkomtrans.
Batafsil ma’lumot va ishtirok etish shartlari bilan tadbir veb-saytida tanishish mumkin: https://caws.asia
Material tijorat shartlari asosida chop etildi.