Afg‘onistonlik ishbilarmonlar Toshkent viloyatida qop mahsulotlari ishlab chiqaradi

Yangi korxona O‘zbekiston va Afg‘oniston bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Toshkent viloyati Afg‘onistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yangi loyiha ishga tushirdi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Chinoz tumanida Afg‘oniston ishbilarmonlari bilan “Right Pack” MChJ korxonasi tashkil etildi.
Afg‘onistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yana bir yangi loyiha ishga tushdi
“Qop mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 76,5 milliard so‘m bolib, 120 nafar mahalliy aholining bandligi taminlandi”, — deyiladi xabarda.
Korxona yillik 2 500 tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona mahsulotlarini eksport qilishni ham rejalashtirgan.
Afg‘onistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yana bir yangi loyiha ishga tushdi
Ma’lumot uchun, Afg‘oniston O‘zbekiston uchun beshinchi yirik eksport bozori hisoblanadi. Oxirgi besh yilda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb bir yarim barobar oshib, 2023-yilda 866 million dollarga yetdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda afg‘on sarmoyasi ishtirokidagi 550 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, turizm, to‘qimachilik kabi sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston va Afg‘oniston forumida chegarani 24 soatlik rejimga o‘tkazish taklif etildi