Lukashenko MDH davlatlari ichki ishlar vazirlarini qabul qildi

Uchrashuvda xalqaro terrorizm, ekstremizm, turistlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekiston ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi delegatsiya Belarusning Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar ichki ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qildi.
Lukashenko prinyal ministrov vnutrennix del stran SNG
Yig‘ilish doirasida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko MDHga a’zo davlatlarning ichki ishlar vazirlarini qabul qildi.
Uchrashuvda xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, kiberxavfsizlik, noqonuniy migratsiya va turistlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Lukashenko prinyal ministrov vnutrennix del stran SNG
MDH bosh vazirlari Ashxobodda nimalarga kelishib olishdi