ShHT ASEAN bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishga tayyor — Chjan Min

Chjan Min ASEANga qo‘shni va do‘st sifatida ShHT ikki mintaqa o‘rtasidagi uzoq muddatli aloqalarni va o‘sib borayotgan hamkorlikni chuqur qadrlashini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishga tayyor. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Chjan Min ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Bugun, 8-avgust ASEAN kuni nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Chjan Min ASEAN bosh kotibi Kao Kimxornga tabrik yo‘lladi.
Chjan Min ASEANga qo‘shni va do‘st sifatida ShHT ikki mintaqa o‘rtasidagi uzoq muddatli aloqalarni va o‘sib borayotgan hamkorlikni chuqur qadrlashini ta’kidladi.
“Biz o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishga tayyormiz”, — dedi Chjan Min.
Chjan Minning so‘zlariga ko‘ra, ShHT va ASEAN hamkorlikda ishlash orqali tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, shuningdek, turli mamlakatlar xalqlari farovonligini ta’minlashga hissa qo‘shishga qodir.
Shanxay hamkorlik tashkiloti “ShHT plyus” formatini joriy etishda davom etadi