Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston yetakchisi Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun taqdirlandi.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston Respublikasining oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tashrif dasturi doirasida Ostonada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘istonning "Oltin Qiron" (“Oltin burgut”) ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti Qozog‘istonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Oliy davlat mukofotni O‘zbekiston yetakchisiga prezident Qasim-Jomart Toqayev tantanali ravishda topshirdi.
Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda Shavkat Mirziyoyevni o‘zbek xalqining haqiqiy yetakchisi, xalqaro siyosat arbobi, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobi sifatida bilish va hurmat qilishadi.
O‘zbekiston prezidenti Qozog‘istonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
“Davlatimiz rahbari ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi nomidan samimiy minnatdorlik bildirib, bunday yuksak mukofot ikki xalqning ko‘p asrlik chinakam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarga berilgan baho, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich - strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga olib chiqish sari mushtarak intilishlarning e’tirofi ekanini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, "Oltin Qiron" oliy ordeni bilan davlat arboblari Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun taqdirlanadi.