O‘zbekistonda o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatiga 4 mingdan ortiq chipta sotildi

Musobaqa doirasida jami 52 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatiga 4 mingdan ortiq chipta sotildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Press-konferensiya po voprosam podgotovki Uzbekistana k predstoyashemu ChM po futzalu
O‘zbekistonda futzal bo‘yicha 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati boshlanishiga 38 kun qoldi. Tadbir joriy yilning 14-sentabr kuni boshlanib, 6-oktabrga qadar davom etadi.
Shu tariqa, bugungi kunga qadar futzal bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlariga 4,5 mingdan ortiq chipta sotilgan. O‘yinlar O‘zbekistonning uchta shahri: Andijon, Buxoro va Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Turnirda dunyoning eng kuchli 24 ta jamoasi ishtirok etadi.
Musobaqa doirasida jami 52 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi, shundan 27 tasi Toshkentda, 17 tasi Buxoroda va 8 tasi Andijonda. O‘yinlarda 39 nafar xalqaro hakamlar ishlaydi.
Press-konferensiya po voprosam podgotovki Uzbekistana k predstoyashemu ChM po futzalu

“Hakamlar malakasini oshirish nizomlari va ishini nazorat qilish uchun mutaxassislar tayinlangan. Shu tariqa, o‘yinlarni oltmishdan ortiq kishi kuzatib boradi”, — dedi futzal bo‘yicha FIFA chempionati tashkiliy qo‘mitasining mahalliy loyihasi rahbari Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov.

Keng ko‘lamli tadbirni o‘tkazish uchun 2 ming nomzod orasidan tanlab olingan 500 nafar ko‘ngilli jalb etildi.
Ma’lumot uchun, chempionatning ochilish uchrashuvi 14-sentabr kuni O‘zbekiston va Gollandiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati uchun OAVlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonini boshladi. Jurnalistlar FIFA rasmiy saytining media bo‘limida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Jahon chempionati chiptalari egalarini tasdiqlash va akkreditatsiyadan o‘tkazish federatsiyaning OAV bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Hujjatlarni qabul qilish 16-avgustgacha davom etadi.